Nepalda namoyish qonli to‘qnashuvga aylandi: 14 kishi halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish396
Nepalda namoyish qonli to‘qnashuvga aylandi: 14 kishi halok bo‘ldi

Nepalda aholi noroziligi kuchayib, katta namoyishlar qonli fojia bilan yakunlandi. 8 sentyabr kuni “The Kathmandu Post” nashri xabariga ko‘ra, politsiya tomonidan namoyishchilarga o‘q uzilishi oqibatida 14 nafar inson hayotdan ko‘z yumdi.

Hodisaga mamlakat hukumati qabul qilgan keskin qaror sabab bo‘lgan. Rasmiylar belgilangan muddatda Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan yirik ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini taqiqlashga qaror qildi. Taqiqqa Meta (Facebook, Instagram), Alphabet (YouTube), X (sobiq Twitter), Reddit va LinkedIn kabi platforma va servislar kiritilgan.

Parlamentdagi asosiy muxolifat kuchlaridan biri — Nepal “Kommunistik” partiyasi (maoistik markaz) vakili Xit Raj Pandi bu qarorni mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini aytdi. Uning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarni yopish nafaqat so‘z erkinligini cheklaydi, balki mamlakatda katta tartibsizlik va to‘qnashuvlarga ham olib kelishi mumkin.

Shundan so‘ng norozilar Nyu-Baneshvar tumanida to‘planib, cheklovlarga qarshi hamda hukumatdagi korrupsiyaga qarshi chiqishdi. Biroq tinch boshlangan miting qisqa vaqt ichida keskin to‘qnashuvga aylandi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun kuch ishlatdi va oxir-oqibat qurol qo‘lladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar paytida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 80 dan ortiq odam turli darajada tan jarohati olgan. Ular orasida kamida 10 nafar fuqaroning ahvoli juda og‘irligi qayd etilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu voqea Nepalda siyosiy beqarorlikni yanada kuchaytiradi va hukumatning qattiqqo‘l siyosatini kuchli tanqid ostiga oladi. Jamoatchilik esa hukumatdan shoshilinch ravishda cheklovlarni bekor qilish va tinchlikni tiklashni talab qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?