date

G‘azoda ochlik qurbonlari soni yana ham ko‘paydi

G‘azoda ochlik qurbonlari soni yana ham ko‘paydi

G‘azo sektorida ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida halok bo‘layotgan insonlar soni kun sayin ortayapti. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida yana besh nafar falastinlik ochlikdan hayotdan ko‘z yumdi.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon ocharchilik va oziq-ovqat tanqisligi sabab 404 nafar kishi vafot etgan. Ular orasida 141 nafar bola borligi holatning qanchalik og‘irligini yanada yaqqol ko‘rsatadi.

2024 yil 22 avgust kuni Integratsiyalashgan oziq-ovqat xavfsizligi fazasi tasnifi (IPC) tomonidan G‘azoda ocharchilik darajasi eng yuqori — 5-bosqichga ko‘tarilgan edi. Ushbu e’londan beri yana 126 kishi, jumladan 26 nafar bola ochlikdan qurbon bo‘lgani ma’lum qilindi.

Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan qattiq blokada, chegaralarni yopib qo‘yish va doimiy harbiy hujumlar natijasida mintaqada oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmon tanqisligi keskin kuchaygan. Xalqaro tashkilotlar va inson huquqlari himoyachilari Isroilni “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida foydalanish”da ayblamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » G‘azoda ochlik qurbonlari soni yana ham ko‘paydi