Gambiya prezidenti Yayya Jamme o‘z mandati yakuniga etganidan so‘ng iste’foga chiqishdan bosh tortdi, deb xabar beradi Kun.uz sayti.
"Men qo‘rqoq emasman. Mening huquqlarimni buzish mumkin emas. Bu mening pozisiyam. Allohdan boshqa hech kim mendan g‘alabani tortib ololmaydi", - deya ma’lum qilgan Jamme.
"Men o‘z vazifamdan ketmayman", - qo‘shimcha qilgan u.
Avvalroq, BMTning G‘arbiy Afrika bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibn Chambas Gambiya prezidenti hukumatda 19 yanvar kuni yakuniga etadigan mandatidan so‘ng ham qolsa "jiddiy sanksiyalarga" duch kelishi haqida ma’lum qilgandi.
Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, muxolif Gambiya Birlashgan demokratik partiyasi nomzodi Adama Barrou saylovchilarning 45,5 foiz ovozini qo‘lga kiritdi. Mamlakatning amaldagi prezidenti Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovoz olgan.
Jamme saylov natijalarini tan olmasligi hamda bu jarayondagi jiddiy qonun buzilishlaridan ranjiganini ma’lum qildi. Gambiya prezidenti natijalarga Yuqori suddagi saylovlarda qarshi chiqmoqchi. Ta’kidlanishicha, Gambiyada hozirgi kunda Yuqori sudning o‘zi yo‘q. Ittifoq esa prezidentda o‘z muddatining so‘nggi kunlarida uning arizasini ko‘rib chiquvchi yangi sudyalarni tayinlash uchun konstitusion huquq yo‘qligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi