Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Qatar hududida o‘tkazilgan so‘nggi hujumdan keyin ham Hamas yetakchilari chet elda “himoya ostida emasligini” aytdi. Unga ko‘ra, Isroil o‘zini chegaralaridan tashqarida ham himoya qilish huquqiga ega.
Quddusda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvda Netanyahu hujumni faqat Isroil amalga oshirganini ta’kidladi. Bu zarba xalqaro tanqidlarga sabab bo‘ldi, jumladan AQSh Prezidenti Donald Tramp Qatar hududida bunday voqea takrorlanmasligini aytgandi.
Rubio esa Isroil bilan AQSh o‘rtasidagi aloqalar mustahkamligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Arab davlatlari Qatarda sammit o‘tkazib, Isroilga qarshi keskin bayonotlar bildirdi. BMT esa G‘azoda aholi ko‘chirib yuborilishi yanada og‘ir oqibatlarga olib kelishini ogohlantirdi.
Uchrashuv BMT Bosh assambleyasi arafasida bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator G‘arb davlatlari Falastinni rasman tan olishi kutilmoqda. Netanyahu esa G‘arbiy Sohilda yangi yahudiy aholi punktlari qurilishi orqali Falastin davlatiga yo‘l qo‘yilmasligini yana bir bor ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!