Olmaota Markaziy Osiyoning eng qimmat shahri deb topildi

1 daqiqa o'qish1.1K
Olmaota Markaziy Osiyoning eng qimmat shahri deb topildi

Markaziy Osiyo shaharları orasida yashash uchun eng qimmat hududlar ro‘yxati e’lon qilindi. “Numbeo” portali joriy yilning birinchi yarmi yakunlari asosida tayyorlagan reytingga ko‘ra, Qozog‘istonning Olmaota shahri mintaqa bo‘yicha eng qimmat shahar sifatida qayd etildi.

Indeks va o‘rinlar

Hisobotda qayd etilishicha, Olmaota yashash qiymati indeksida 29,4 punkt bilan jahon bo‘yicha 346-o‘rinni egallagan. Bu ko‘rsatkich uni nafaqat Qozog‘iston, balki butun Markaziy Osiyoda yetakchiga aylantirdi.

Reytingda boshqa shaharlar ham o‘rin olgan:

  • Qirg‘iziston poytaxti Bishkek — 26,8 indeks bilan 364-o‘rinda;

  • Qozog‘istonning boshqa yirik shahri Astona — 26,5 punkt bilan 366-o‘rinda;

  • O‘zbekiston poytaxti Toshkent esa 26,2 indeks bilan 370-o‘rinda qayd etildi.

Tojikiston va Turkmaniston shaharları bu galgi hisobotda kiritilmagan.

Toshkentdagi yashash xarajatlari

Portal keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda 4 kishilik oilaning uy-joy ijarasisiz o‘rtacha oylik xarajatlari taxminan 23 million 39 ming so‘mni tashkil etadi. Yolg‘iz yashovchi shaxs uchun esa bu ko‘rsatkich 6 million 437 ming so‘m atrofida.

Shu bilan birga, Toshkentda yashash qiymati Nyu-York bilan solishtirilganda 72,2 foiz arzonroq ekani ta’kidlangan (uy-joy ijarasi hisobga olinmagan holda). Ijara narxlari borasida esa farq yanada katta: Toshkentda uy-joy ijarasi Nyu-Yorkdagidan o‘rtacha 84,5 foiz arzon.


Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?