date

Tramp va Si Jinping Seulda muhim uchrashuv o‘tkazishi belgilandi

Tramp va Si Jinping Seulda muhim uchrashuv o‘tkazishi belgilandi

AQSH prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreyada 31-oktyabrdan 1-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida Xitoy rahbari Si Jinping bilan yuzma-yuz muloqot olib borishini e’lon qildi. Bu haqda Amerika rahbari 19-sentyabr kuni Si bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Truth Social platformasida ma’lum qildi.

Trampning ta’kidlashicha, ikki yetakchi bir qator strategik ahamiyatga ega masalalar yuzasidan kelishuvga erishishgan. «Biz juda muhim yo‘nalishlarda — savdo sohasida, fentanilga qarshi kurash, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni yakunlash zarurati hamda TikTok kelishuvini ma’qullash masalasida samarali kelishuvga erishdik», — deya qayd etdi AQSH prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va Si Jinping ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida yaqin yillarda tashriflar bilan almashishga kelishib olgan. Xususan, Tramp 2026-yil boshida Xitoyga rasmiy tashrif buyurish niyatida ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Si Jinping ham AQSHga borishi rejalashtirilgan, ammo aniq sanalar keyinroq belgilanadi.

Amerika rahbari TikTok bo‘yicha kelishuv yuzasidan ham o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. «TikTok masalasida kelishuvga erishilgani uchun tashakkur. Endi ikkalamiz ham Seuldagi APEC sammitida uchrashuvni intizorlik bilan kutyapmiz», — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Bu uchrashuv AQSH va Xitoy munosabatlaridagi yangi bosqich sifatida baholanmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ikki yetakchining muloqoti savdo aloqalari va geosiyosiy muammolarda muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp va Si Jinping Seulda muhim uchrashuv o‘tkazishi belgilandi