date

Demokratlar Trampdan hukumat ishini to‘xtashidan qutqarishni so‘ramoqda

Demokratlar Trampdan hukumat ishini to‘xtashidan qutqarishni so‘ramoqda

AQSH kongressidagi demokratlar yetakchilari federal hukumat ishini to‘xtab qolish xavfini bartaraf etish uchun prezident Donald Tramp bilan tez orada uchrashuv o‘tkazish zarurligini ta’kidlashdi. Ular prezidentga yo‘llagan murojaatda, respublikachilarning sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishdan bosh tortayotgani vaziyatni yanada keskinlashtirayotganini eslatishdi.

«Respublikachilarning moliyalashtirish masalasini orqaga surishi va siz qabul qilgan qarorlar sabab hukumat ishi to‘xtab qolishi mumkin. Shu bois, bizning talabimiz — uchrashuvni darhol o‘tkazish», — deyiladi demokratlarning maktubida.

Demokratlar respublikachilarni ikki partiya o‘rtasidagi maslahatlashuvlarni ataylab rad etayotganlikda ayblashmoqda. Ularga ko‘ra, hozirgi jarayon siyosiy tortishuv emas, balki butun davlat apparatining ishlashini xavf ostida qoldirayotgan muammo.

Shu bilan birga, vakillar palatasi spikeri respublikachi Mayk Jonson demokratlarning ayblovlarini rad etdi. Uning fikricha, aynan demokratlar hukumatni moliyalashtirish qonunini qabul qilish uchun amalga oshirib bo‘lmaydigan talablarni ilgari surmoqda va shu tariqa ish jarayonini to‘sib qo‘ymoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19-sentyabr kuni Donald Tramp murojaat qilib, agar 1-oktyabrga qadar kongressda ikki partiya murosaga kelmasa, federal hukumat ishi to‘xtatilishini aytgandi. Senat esa shu kuni moliyalashtirishni davom ettirishga oid ikki qonun loyihasini rad etgan edi.

Vaziyatdan kelib chiqib, yaqin kunlarda Vashingtonda katta siyosiy bahslar va tortishuvlar kutilmoqda. Hukumat ishi to‘xtab qolishi nafaqat davlat muassasalari, balki millionlab amerikaliklarning kundalik hayotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Demokratlar Trampdan hukumat ishini to‘xtashidan qutqarishni so‘ramoqda