date

Yevropaning yana uch davlati Falastinni e’tirof etdi

Yevropaning yana uch davlati Falastinni e’tirof etdi

CNN tarqatgan xabarga ko‘ra, Fransiya va Belgiyadan so‘ng Yevropaning yana bir qator mamlakatlari — Monako, Luksemburg va Malta Falastin davlatini rasman tan oldi.

Bu qaror BMT Bosh assambleyasi doirasida o‘tgan, ikki davlat yechimiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman paytida e’lon qilindi.

Bir kun oldin Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya ham shunday qarorga kelgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, hozirga qadar Falastinni davlat sifatida tan olgan mamlakatlar soni 145 tadan oshgan.

Ta’kidlash joizki, bu jarayon xalqaro maydonda katta siyosiy ahamiyatga ega hisoblanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropaning yana uch davlati Falastinni e’tirof etdi