
Vnukovo aeroporti xodimi bank orqali biznes-zaldan noqonuniy foydalangani uchun 655 ming rubl to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
U maxsus bank paketini xarid qilib, bort taloni yoki chipta ko‘rsatish orqali aeroport va vokzallardagi biznes-zallarga kirish huquqiga ega bo‘lgan. Biroq besh oy davomida u zallarga 364 marta tashrif buyurgan: asosan Vnukovoda, shuningdek Sheremetevo, Domodedovo va Sochida ham.
Tekshiruv jarayonida xodim o‘zining kirish kodini boshqa odamlar bilan baham ko‘rgani ma’lum bo‘ldi. Birinchi instansiyada sud faqat 12,6 ming rubl to‘lashga qaror qilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda apellyatsiya va kassatsiya ishlari natijasida undan to‘liq mablag‘ undirildi.
Sud qarorini asoslab, tashriflar soni, davomiyligi va bir vaqtning o‘zida bir necha kishi foydalangan holatlar ko‘rib chiqildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!