date

Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini kelishish og‘ir kechmoqda

Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini kelishish og‘ir kechmoqda

Yevropa Ittifoqi doirasida Rossiyaga qarshi navbatdagi — 19-sanksiya paketini qabul qilish masalasi murakkab jarayonga aylandi.

EUObserver nashri ma’lumoticha, YeIning Doimiy vakillar qo‘mitasi elchilari ushbu masala bo‘yicha muhokamani shu hafta, 26 sentyabr kuni Bryusselda boshlaydi.

Yangi paket doirasida Yevropa Komissiyasi Rossiya, Hindiston va Xitoy kompaniyalari uchun eksport nazoratini kuchaytirishni taklif qilmoqda. Shuningdek, ayrim kimyoviy moddalar, ruda, metall va tuzlarni eksport qilish taqiqlanishi mumkin.

YeKning takliflarida Rossiyaning harbiy-sanoat tarmog‘iga yordam berganlikda gumon qilingan uchinchi davlat kompaniyalariga, jumladan Xitoy firmalariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash ham nazarda tutilgan. Shu bilan birga, Rossiyaning “Мир” to‘lov tizimiga chet elda cheklov choralari joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, “Роснефть” va “Газпром нефть” ishtirokidagi barcha operatsiyalarni butunlay taqiqlash hamda Rossiya va boshqa davlatlardagi bir qator banklarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini kelishish og‘ir kechmoqda