AQSH prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi doirasida o‘tgan uchrashuvda arab va musulmon davlatlari yetakchilariga G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish uchun rasmiy rejasini taqdim etdi. Bu haqda Isroilning 12-kanali xabar berdi.
Yig‘ilishda Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdog‘an, shuningdek, Indoneziya, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Iordaniya, Pokiston va Misr prezidentlari ham ishtirok etgani qayd etildi.
Manbalarga ko‘ra, Tramp mojaroni zudlik bilan to‘xtatish zarurligini keskin urg‘ulagan. Uning ta’kidlashicha, har bir kechikkan kun Isroilning xalqaro maydonda yanada chuqurroq izolyatsiyaga yuz tutayotganini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar