Xitoy internetdagi salbiy his-tuyg‘ularga qarshi yangi kampaniya boshladi

1 daqiqa o'qish221
Xitoy internetdagi salbiy his-tuyg‘ularga qarshi yangi kampaniya boshladi

Xitoy hukumati internetda tarqalayotgan salbiy kayfiyat va norozilikni targ‘ib qiluvchi foydalanuvchilarga qarshi ikki oylik keng qamrovli kampaniya boshlaganini e’lon qildi. Bu haqda 23 sentyabr kuni mamlakat Kibermakon boshqarmasining bayonotiga tayanib, “The Register” nashri xabar berdi.

Kampaniya doirasida Pekin hukumatining asosiy e’tibori ijtimoiy tarmoqlar, qisqa videolar platformalari, onlayn-do‘konlar va reklama uchun foydalaniladigan striming xizmatlariga qaratilgan. Shuningdek, internetda qoldiriladigan izohlar ham alohida tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Xitoyda taqiqlanishi mumkin bo‘lgan kontentlar qatorida zo‘ravonlikka chaqiruvchi materiallar ham bor. Biroq asosiy maqsad — “mehnatning foydasi yo‘q”, “o‘qish befoyda” kabi salbiy kayfiyat va umidsizlikni targ‘ib qiluvchi postlarning tarqalishini to‘xtatish. Bunday qarashlar mamlakat yoshlari orasida keng tarqalgan “Sang madaniyati”ga xos bo‘lib, u yuqori yashash xarajatlari va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli norozilik va umidsizlikni anglatadi.

Kampaniyada, shuningdek, oliy ma’lumotli yoshlar qiziqarli va yuqori darajadagi ish topishda qiyinchilikka duch kelishi, ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarga moslashtirilgan kontentning salbiy mavzularga chuqurroq kirib borishi ham e’tiborga olingan. Hukumat “hayotga nisbatan haddan tashqari pessimist qarashlar” va “o‘zini ortiqcha kamsitish” kabi mazmundagi postlarni nazarda tutadi.

Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida zo‘ravonlikni tasvirlovchi materiallar ham taqiqlanadi. “The Register” ma’lum qilishicha, Pekin internet-trollarni “ko‘prik ostiga yashirish” kabi choralarni ham rejalashtirgan.

Fitna nazariyalari va soxta yangiliklar tarqatilishiga ham chek qo‘yiladi. Bunday kontentni yaratgan yoki tarqatgan platforma va shaxslar jazoga tortilishi mumkin. Bu G‘arb mamlakatlaridagi ijtimoiy tarmoqlardagi oddiy “uzr”dan ko‘ra jiddiyroq chora hisoblanadi. Manba kampaniyaning aniq boshlanish va tugash sanasini e’lon qilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?