Singapurda elektron sigaretalar to‘liq taqiqlandi

1 daqiqa o'qish1.4K
Singapurda elektron sigaretalar to‘liq taqiqlandi

1 sentyabrdan boshlab Singapurda isitiladigan tamaki qurilmalari (IQOS va boshqalar) hamda elektron sigaretalar, ayniqsa K-podlar va etimidat tarkibli vaplar qonuniy ravishda taqiqlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi qonunga ko‘ra, Singapurda elektron sigaretalar va isitiladigan tamaki qurilmalarini olib kirish, sotish, egalik qilish va ulardan foydalanish qat’iyan man etiladi. Huquqbuzarlik holatlari uchun jazo tizimi quyidagicha:

Egalik qilish yoki chekish – 2000 singapur dollarigacha jarima;

Sotish yoki import qilish – 10 000 AQSH dollarigacha jarima yoki olti oygacha qamoq; takroriy huquqbuzarliklarda 20 000 AQSH dollarigacha jarima va 12 oygacha qamoq;

Takroriy huquqbuzarliklar majburiy reabilitatsiya va keyinchalik jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin.

Singapur K-pods turidagi vaplarni giyohvand moddalar bilan bog‘liq qurilmalar deb hisoblaydi. Etimidat rasmiy ravishda S sinfidagi dori sifatida ro‘yxatga olingan va uning egalik qilinishi yoki foydalanilishi quyidagilarga olib kelishi mumkin:

Majburiy nazorat va reabilitatsiya dasturi;

Takroriy jinoyatlar – jinoiy javobgarlik.

Kontrabanda uchun 3–20 yilgacha qamoq va 5–15 zarba; sotish va tarqatish uchun 2–10 yil qamoq va 2–5 zarba jazosi ko‘zda tutilgan.

Qonun Singapur fuqarolariga ham, chet elliklarga ham tatbiq etiladi. Talabalar va ish vizasi egalari ham jarimaga tortilishi mumkin. Qonunni buzish hibsga olish, katta miqdordagi jarimalar, deportatsiya va qayta kirishni rad etishga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarolariga Singapurga elektron sigaretalar va K-podlarni olib kirmaslik qat’iy tavsiya qilinadi. Bu chora tadbirlardan so‘ng xorijdagi turistlar va mehnatchilar uchun huquqiy xavfsizlik va soliq-ma’muriy qoidalarga rioya qilishning ahamiyati yana bir bor ko‘rsatildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?