date

HAMAS: ikki garovdagi bilan aloqa uzildi

HAMAS: ikki garovdagi bilan aloqa uzildi

HAMAS harakati Isroil havo zarbalari natijasida garovdagi ikki shaxs bilan bog‘lanish imkoniyati yo‘qolganini bildirdi. Ular havodan amalga oshirilayotgan hujumlarni kamida bir kunga to‘xtatishni talab qilmoqda.

AFP va Reuters tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Falastin guruhining harbiy qanoti — «Izzad-Din al-Qassam» brigadasi 28 sentyabr, yakshanba kuni bildirishicha, SAHAL so‘nggi ikki kun davomida G‘azo shahrining Sabra va Tal al-Hava tumanlariga uyushtirgan amaliyotlardan keyin 2023 yil 7 oktyabrda garovga olingan ikki isroillik — Matan Angrest va Omri Miran bilan aloqa uzilgan.

Reuters qayd etishicha, HAMAS Isroildan «garovdagi shaxslarni xavfli hududdan olib chiqish» maqsadida mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan boshlab 24 soatgacha havo hujumlarini to‘xtatishni talab etgan.

AFP eslatganidek, HAMAS avval ham Isroil va AQSH fuqaroligiga ega garovdagi bilan bog‘lanish uzilganini aytgandi, biroq bir necha kundan keyin u shaxs ozod qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » HAMAS: ikki garovdagi bilan aloqa uzildi