AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan bo‘ladigan muzokarada o‘z yetakchilik mahoratini sinovdan o‘tkazishi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya hukumat doiralariga yaqin bo‘lgan Hurriyet nashri muxbiri Abdulqodir Selvi ma’lum qildi.
“Bugungi uchrashuvda qaysi tomonning xohishi ustun kelishi — Trampnikimi yoki Netanyahunnikimi — aniq bo‘ladi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri yetakchilik imtihoni”, — degan jurnalist.
Selvining ta’kidlashicha, muzokaralar natijasi Vashington yoki Tel-Aviv pozitsiyasi qay darajada ustuvor ekanini ko‘rsatib beradi. Agar AQSH prezidenti Isroil bosh vazirini o‘z manfaatlarini inobatga olishga majburlay olmasa, Trampning siyosiy nufuziga shubha tushishi mumkin. Ammo aks holda u o‘z qudrati va nufuzini yanada mustahkamlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!