HAMASning harbiy qanoti rahbari Iza ad-Din al-Haddad AQSh Prezidenti Donald Tramp taklif etgan otashkesim rejasini rad etdi. U buni HAMASni yo‘q qilish rejasi deb bilmoqda.
Trampning 20 bandli rejasi Isroil tomonidan ma’qullangan. Unda HAMAS qurolini topshirishi va G‘azoni boshqarishda qatnashmasligi shart qilib qo‘yilgan.
HAMAS qo‘lida 48 garovdagilar bor, ulardan 20 nafari tirik ekani aytilmoqda. Rejaga ko‘ra, ular 72 soat ichida ozod qilinishi lozim, bu esa guruh uchun katta yo‘qotish.
Isroil Bosh vaziri Netanyahu ham ayrim shartlarga qarshi chiqdi. Urush 2023 yil oktabridan beri davom etmoqda va G‘azoda 66 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar