So‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyaliklarning o‘n nafari ichida sakkiz nafari, ya’ni 79,1% Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga ishonch bildiradi. Shu bilan birga, 75,4% respondentlar davlat rahbarining faoliyatini ma’qullaydi. Bu haqda RIA NOVOSTI xabar berdi.
So‘rov natijalarida shuni ham aniqlanishicha, faqat 16% rossiyalik Putinga ishonmasligini bildirgan, 14,6% esa uning faoliyatini salbiy baholagan. Bu ko‘rsatkichlar Prezidentning mamlakatdagi nisbatan yuqori obro‘ga ega ekanini ko‘rsatmoqda.
Rossiya hukumati faoliyatiga ishonch darajasi 47,9% ni tashkil qilgan, 20% esa hukumat ishini ma’qullamagan. Shu bilan birga, Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinga 60,1% respondent ishonch bildirgan, 19,7% esa unga ishonmasligini bildirgan. Bu natijalar Rossiyada siyosiy liderlarga bo‘lgan ijtimoiy bahoni aks ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!