Qornida chaqalog‘i bilan 42 kilometr masofa: 34 haftalik homilador ayol marafonni yakunladi

1 daqiqa o'qish18
Qornida chaqalog‘i bilan 42 kilometr masofa: 34 haftalik homilador ayol marafonni yakunladi

AQSHlik hamshira va tajribali sportchi Dirdre Kin homiladorlik davrida ham o‘z oldiga qo‘ygan sport maqsadini amalga oshirishda davom etdi. U homiladorligining so‘nggi oylarida dunyoning yettita yirik marafonida qatnashish rejasini bajardi.

Yil boshida Kin yettita nufuzli marafonni yakunlashni maqsad qilgan edi. Biroq mart va aprel oylarida mashg‘ulotlar paytida odatdagidan ko‘proq qiynalayotganini sezdi. Tekshiruvlardan so‘ng uning homilador ekani ma’lum bo‘ldi.

Akusher-ginekologi bilan maslahatlashganidan keyin sportchi yugurishni davom ettirishga qaror qildi. U homiladorligining 25-haftasida Sidney, 29-haftasida Berlin va 31-haftasida Chikago marafonlarida qatnashdi.

Eng so‘nggi sinov esa Nyu-York marafoni bo‘ldi. O‘sha paytda homiladorligi yaqqol sezilib turganiga qaramay, Kin 42,195 kilometr masofani to‘rt soatdan kamroq vaqtda bosib o‘tdi.

U CNN telekanaliga bergan intervyusida marafon yo‘nalishi bo‘lajak farzandini dunyoga keltiradigan shifoxona yonidan o‘tganini aytdi. Start oldidan turmush o‘rtog‘i bilan hazillashib, zarurat tug‘ilsa, o‘sha shifoxonaga kirib ketishi mumkinligini muhokama qilishgan.

Musobaqa davomida eri unga suv uzatib, dalda berib turgan. Kin esa bu qo‘llab-quvvatlash uchun turmush o‘rtog‘idan minnatdor ekanini ta’kidladi.

Uning hikoyasi sport va matonat namunasi sifatida e’tibor qozondi. Biroq homiladorlik davrida jismoniy faollik har bir ayolning sog‘lig‘i va shifokor tavsiyalariga qarab baholanishi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?