Rossiyada hijob bilan maktabga kirish yana taqiqlandi

2 daqiqa o'qish389
Rossiyada hijob bilan maktabga kirish yana taqiqlandi

Rossiyada maktablarda diniy kiyimga oid bahslar tobora kuchayib bormoqda. Endi bu masala Xanti-Mansi avtonom okrugiga ham yetdi — mahalliy hukumat hududdagi barcha ta’lim muassasalariga bosh kiyimda, jumladan hijob va niqobda kelgan o‘quvchilarni qabul qilmaslik bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Ura.ru nashri ta’lim va fan departamenti ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Departament vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yangi tartib okrugdagi 303 ta maktabda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Har bir ta’lim muassasasi bu qarorni ichki hujjatlari orqali mustaqil ravishda qabul qilgan. “Monitoring o‘tkazildi, qarorlar o‘quv yili davomida bosqichma-bosqich tasdiqlanmoqda”, — deyiladi rasmiy izohda.

Hijob, niqob va boshqa bosh kiyimlar man etildi

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, taqiq faqat hijob yoki niqobga emas, balki barcha turdagi bosh kiyimlarga — ro‘mol, do‘ppi, shlyapa va boshqalarga ham taalluqli. Maktab rahbariyatlari bunday qarorni ota-onalar kengashlari va mahalliy jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilgan.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, bolani maktabga qabul qilishdan oldin ota-onalar maktab ustavi, ichki tartib va tashqi ko‘rinishga oid barcha talablar bilan tanishadi va imzo qo‘yadi. Agar ular bu qoidalarga rozi bo‘lmasa, bolani masofaviy yoki oilaviy ta’lim shaklida o‘qitish imkoni borligi aytilgan.

Yugra yoshlar siyosati departamenti bayonotida ta’kidlanishicha, bunday yondashuv “maktablarda yagona dunyoviy muhitni ta’minlash” va “ta’lim jarayonida diniy belgilarning ta’sirini cheklash” maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu avval ham sodir bo‘lgan

Bu Rossiyada birinchi marta kuzatilayotgan holat emas. 2024 yilning oktyabr oyida Vladimir viloyatida ham maktablarga hijob yoki niqobda kelish man etilgandi. O‘shanda mahalliy ma’muriyat bu qarorni “Rossiya dunyoviy davlat” ekani bilan izohlagan edi.

Rasmiylar “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlarga tayanadi. Ularga ko‘ra, diniy kiyimlar ta’lim jarayonida dunyoviylik tamoyillariga zid hisoblanadi.

Vladimir viloyati gubernatori o‘rinbosari Vladimir Kuimovning aytishicha, ushbu taqiq maktablarda turli diniy qarashlar sabab yuzaga kelgan ziddiyatlarni oldini olish uchun joriy etilgan.

Tanqid va jamoatchilik bahslari

Rasmiylar bu qarorni “ta’limning dunyoviy asoslarini mustahkamlash” sifatida baholasa, faollar va huquq himoyachilari buni diniy erkinlikka cheklov, inson huquqlarining buzilishi deb hisoblamoqda. Ular ta’kidlashicha, davlat jamiyatning barcha qatlamlariga teng munosabatda bo‘lishi kerak va shaxsiy diniy e’tiqodni namoyon etish uchun javobgarlik joriy etish demokratik qadriyatlarga zid.

Ayni vaqtda Rossiyaning bir qator boshqa mintaqalarida ham maktablarda diniy kiyimga nisbatan shunday cheklovlar muhokama qilinmoqda. Ekspertlar fikricha, bunday tendensiya mamlakatda dunyoviylik va shaxsiy erkinlik o‘rtasidagi muvozanatni yanada murakkab vaziyatga solib qo‘yishi mumkin.

Shu tariqa, Rossiyadagi ta’lim tizimida diniy kiyim masalasi yana dolzarb muhokama mavzusiga aylandi — bu gal Xanti-Mansi okrugi orqali.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?