date

Tojikistonda og‘ir sharoit sabab 34 ofitser qochdi

Tojikistonda og‘ir sharoit sabab 34 ofitser qochdi

Tojikistonda 2024 yil davomida 34 nafar ofitser o‘z xizmat joylarini tark etib, dezertirlik qilgan. Bu haqda mamlakatning inson huquqlari bo‘yicha vakili Umid Bobozoda o‘zining yillik hisobotida ma’lum qildi.

Hisobotga ko‘ra, o‘tgan yil ichida harbiy xizmatdan qochish va buyruqni bajarmaslik bilan bog‘liq 107 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ulardan 30 nafar yosh harbiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 34 ofitser dezertir deb topilgan, yana 28 kishi xizmat joyini ruxsatsiz tark etgan holatlar aniqlangan.

Ombudsmanning ta’kidlashicha, bu holatlar ko‘pincha harbiy qismlardagi og‘ir sharoitlar, zo‘ravonlik, tartibbuzarlik va qo‘pol munosabatlar bilan bog‘liq. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi hollarda xizmat paytidagi jarohat yoki o‘lim holatlari ham yoshlarni xizmatdan voz kechishga majbur qilmoqda.

Mahalliy OAV yozishicha, mazkur vaziyat yuzasidan tegishli idoralar tekshiruv boshlagan. Biroq, dezertirlik sodir etgan ofitserlarga nisbatan qanday jazo choralari ko‘rilgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda og‘ir sharoit sabab 34 ofitser qochdi