The New York Times nashri yozganiga ko‘ra, Xitoy rasmiylari sentyabr oyi oxirida “salbiy va pessimistik kayfiyatlarni haddan tashqari bo‘rttiradigan” kontentlarga qarshi ikki oylik tozalash kampaniyasini boshladi.
Kampaniya davomida ijtimoiy tarmoqlarda “tushkunlik”ni targ‘ib qiluvchi, “astoydil ishlash befoyda” yoki “farzand ko‘rish iqtisodiy jihatdan noto‘g‘ri” degan g‘oyalarni yoygan akkauntlar bloklanmoqda. Xususan, minimalist turmush tarzini targ‘ib qilgan va martaba orzusidan voz kechishni maslaxat bergan blogerlar bloklangan.
Shuningdek, G‘arbdagi hayot Xitoyga nisbatan yaxshi, deb izoh qoldirgan foydalanuvchilar ham cheklovlarga uchragan. Ularning ba’zilari o‘n millionlab kuzatuvchiga ega edi. Weibo tarmog‘ida esa 1200 dan ziyod akkaunt mamlakat iqtisodi va uy-joy bozoriga oid “mish-mish” tarqatgani uchun o‘chirilgan.
Xitoy salbiy kayfiyatdagi kontentlarga qarshi kurashni boshladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar