AQSHning Tennessi shtatida joylashgan Accurate Energetic Systems mudofaa kompaniyasiga tegishli zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar tarqatdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir nechta kishi halok bo‘lgan, aniq soni hozircha aniqlanmoqda.
Hodisani Xikman okrugi sherifi tasdiqlagan. Aytilishicha, portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi mazkur korxona Baksnort hududida joylashgan.
Hozirda favqulodda holatlar xizmati va qutqaruvchilar voqea joyida ish olib bormoqda, portlash oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar