Turkiyada 12 yoshli o‘zbek bola onasi bilan kelisholmay uydan qochib ketdi

1 daqiqa o'qish144
Turkiyada 12 yoshli o‘zbek bola onasi bilan kelisholmay uydan qochib ketdi

Turkiyada 12 yoshli o‘zbekistonlik bola onasi va o‘gay otasi bilan kelishmovchilik sabab uyidan qochib ketdi, deb xabar berdi “Istanbul.uz” manbasi. Bolaning holatidan keyin politsiya va O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi aralashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola mahalliy politsiyaga murojaat qilib, uyidagi qiyinchiliklar va bosimlar haqida gapirgan. Shu orqali uning taqdiriga hokimiyat va diplomatik idoralar aralashgan. Bolaning onasi avval O‘zbekistonda turmush qurgan, biroq ajrashganidan keyin Turkiyaga ko‘chib kelib, turk fuqarosi bilan imom nikoh asosida oila qurgan.

Dastlab u bolasini O‘zbekistonda buvisi qaramog‘iga qoldirgan, lekin 2024 yil iyun oyida uni Istanbulga olib kelgan. Biroq hujjatlar rasmiylashtirilmagani uchun bola mahalliy maktabga qabul qilinmagan. Shu bois u qariyb bir yildan ortiq vaqt davomida ta’limdan uzoqda bo‘lgan.

Hodisa fosh bo‘lgach, politsiya bolani topib, O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga topshirdi. Bolaning holati tekshirildi, u tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, homiylar ko‘magida zarur yordam oldi.

Konsulxona bolaning xavfsizligini ta’minlab, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan holda uni vatanga qaytardi. Hozirgi vaqtda u O‘zbekistonda tegishli muassasalar yordami bilan o‘qishini qayta davom ettirmoqda.

Bu voqea xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun yana bir ogohlik bo‘ldi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bolalarning ruhiy va ijtimoiy holatiga e’tiborsizlik ularning taqdiriga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ota-onalardan har qanday sharoitda ham farzandlari manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yish talab etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?