date

Erdo‘g‘an turkiy mamlakat fuqarolariga Turkiyada ishlashni osonlashtirdi

Erdo‘g‘an turkiy mamlakat fuqarolariga Turkiyada ishlashni osonlashtirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiy davlatlar — O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston fuqarolari uchun yangi qulaylik yaratuvchi farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, endilikda ushbu mamlakat fuqarolari Turkiyada ishlash yoki biznes bilan shug‘ullanish uchun fuqarolik olish yoki uzoq byurokratik ruxsat jarayonlaridan o‘tishga majbur bo‘lmaydilar. Faqat yashash guvohnomasi yetarli bo‘ladi.

Biroq, mazkur yengilliklar harbiy xizmat va huquq-tartibot tuzilmalari sohalariga taalluqli emas — bu jabhalar Turkiya fuqarolari uchungina ochiq bo‘lib qoladi.

Farmon xorijiy diplom va sertifikatlarni tan olish, kasbiy uyushmalarda ro‘yxatdan o‘tish imkonini ham nazarda tutadi. Shu bilan birga, bu fuqarolar ichki saylovlarda ishtirok eta olmaydilar.

Erdo‘g‘anning ushbu tashabbusi turkiy xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, minglab fuqarolarning Turkiyadagi hayotini ancha yengillashtirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘an turkiy mamlakat fuqarolariga Turkiyada ishlashni osonlashtirdi