Alisher Usmonov yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi

Alisher Usmonov yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi
Alisher Usmonov yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi

Rossiyalik tijoratchi Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIA) prezidentligini tark etganidan so‘ng yana Rossiya soliq rezidentiga aylanishga va’da berdi. Bu haqda «Vedomosti»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar berdi.

«Bugun men federatsiyamiz byurosi va ofisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydaman, darvoqe, bu Shveytsariya emas, shuning uchun men u yerda ro‘yxatdan o‘tishga majburman. Shuning uchun federasiya prezidentligiga saylangan muddatimda o‘sha yerda bo‘lishim kerak. Qolgani esa uydirmadir», — dedi milliarder.

Oktyabr oyida Alisher Usmonov Rossiya soliq rezidentligidan chiqib ketgani ma’lum bo‘ldi. Unga tegishli USM Holding bunga izoh sifatida ayni paytda Usmonov operativ faoliyat bilan shug‘ullanmasligi, sport va xayriya ishlariga diqqat qarayotganini aytib o‘tdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar