“Baliq qarma” rasman Qoraqalpog‘istonning milliy brendiga aylandi

1 daqiqa o'qish479
“Baliq qarma” rasman Qoraqalpog‘istonning milliy brendiga aylandi

Qoraqalpog‘iston milliy taomlari orasida alohida o‘rin tutadigan “Baliq qarma” endi rasman patentdan o‘tdi. Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur taom geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatiga kiritildi.

Bu qaror bilan “Baliq qarma” nomi va uning an’anaviy tayyorlanish usuli huquqiy jihatdan himoyalanadi. Shu bilan birga, sifat standartlari mustahkamlanib, Qoraqalpog‘istonning gastronomik brendini kengroq targ‘ib etish imkoni yaratiladi.

Mazkur taom Orol dengizi va Amudaryo deltasiga yaqin hududlarda shakllangan qadimiy baliqchilik an’analariga asoslangan. Uning tayyorlanish uslubi ham o‘ziga xos: pishirilgan baliq, sho‘rva, mayda to‘g‘ralgan sabzavotlar va 1×1 yoki 2×2 santimetrli quritilgan xamir bo‘laklaridan iborat. Taomning yuzasidan olingan yog‘ piyoz ustiga quyilib, o‘ziga xos ta’m va hid beradi.

Mutahassislar ta’kidlashicha, geografik ko‘rsatkich — bu mahsulotning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini, uning sifati va mashhurligini ifoda etuvchi intellektual mulk turi hisoblanadi.

Shu tariqa, “Baliq qarma” nafaqat milliy taom sifatida, balki Qoraqalpog‘istonning madaniy va gastronomik merosini namoyon etuvchi brendga aylandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?