Fransiyada parranda grippi yana kuchaydi, fermalar nazoratda

1 daqiqa o'qish161
Fransiyada parranda grippi yana kuchaydi, fermalar nazoratda

Fransiyada parranda grippi bilan bog‘liq vaziyat yana keskinlashdi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi butun mamlakat bo‘ylab yuqori ogohlantirish darajasini e’lon qildi. Endi barcha parrandachilik xo‘jaliklari hayvonlarni ochiq havoda emas, faqat yopiq binolarda saqlashi shart bo‘ladi.

Bu chora virus tarqalishining oldini olish va sanitariya nazoratini kuchaytirish maqsadida qabul qilindi. So‘nggi yillarda yuqori patogenli parranda grippi Yevropadan tortib Amerikagacha keng yoyilmoqda. Virus yovvoyi qushlar bilan birga norka va mushuk kabi sutemizuvchilarda ham aniqlangan.

Mutahassislar virusning odamdan odamga yuqish darajasigacha mutatsiyalanishidan xavotirda. Hozircha bu turdagi holatlar qayd etilmagan. Yevropa kasalliklar profilaktikasi markazi odamlar uchun xavf darajasi hozircha juda past ekanini ma’lum qildi.

Oxirgi ikki yilda Yevropada virusni cheklash uchun millionlab qushlar yo‘q qilingan. Masalan, Niderlandiyada o‘tgan hafta parranda grippi aniqlangan fermadan 71 ming qush yo‘q qilindi, Ispaniyada esa bir necha ehtimoliy o‘choqlar bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Fransiya hukumati 2022 yilda boshlangan qush grippiga qarshi emlash dasturi samara berganini qayd etdi. Biroq mutaxassislar hushyorlikni yo‘qotmaslik va virusni nazoratda ushlab turish zarurligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?