Luvr muzeyi direktori Lorans de Kar seshanba kuni Fransiya Senatida so‘zga chiqib, muzeydagi videokuzatuv tizimi yetarli emasligini va joriy tizimda ko‘plab kamchiliklar mavjudligini tan oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kuni sodir bo‘lgan zargarlik buyumlarining o‘g‘irlanishi bir qancha “zaif tomonlar”ni ochib berdi. U “Luvrda katta muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirmoqdamiz” deb ta’kidladi va bu holat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini aytdi. De Kar iste’fo haqida ariza topshirganini ma’lum qildi, ammo Madaniyat vaziri bu arizani qabul qilmagan.
Shuningdek, u xavfsizlik choralari kuchaytirilishini ma’lum qildi. Xususan, muzey atrofiga avtotransportga qarshi to‘siqlar o‘rnatish, videokuzatuv tizimini kengaytirish va yangilash hamda Ichki ishlar vazirligidan muzey ichida politsiya bo‘limi tashkil etishni so‘ragan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda muzeyda 80 million yevroga (92,89 million AQSH dollari) teng xavfsizlik rejasi amal qilmoqda.
Luvr direktori o‘g‘irlik ortidan iste’foga tayyorligini bildirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar