Sabina Mustaeva «Golos. Deti» ikkinchi mavsumi g‘olibasi bo‘ldi (video)

1 daqiqa o'qish8.7K
Sabina Mustaeva «Golos. Deti» ikkinchi mavsumi g‘olibasi bo‘ldi (video)
Sabina Mustaeva «Golos. Deti» ikkinchi mavsumi g‘olibasi bo‘ldi (video)

O‘zbekistonlik Sabina Mustaeva «Golos. Deti» shousida tomoshabinlar SMS-ovozlari natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘ldi. Bu haqda «TACC»ga asoslanib «Daryo.uz» xabar bermoqda.

17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan final bosqichida Sabinaga loyihaning yana sakkiz ishtirokchisi raqiblik qildi. Murabbiyi Maksim Fadeev bo‘lgan Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini kuyladi.

Eslatib o‘tamiz, Sabina loyihaning avvalgi sonida finalga chiqolmagan edi, biroq «Birinchi kanal» yana bir saralash bosqichini o‘tkazib, yosh iqtidorlarga yana bir imkon berishga qaror qildi.

Bu bosqichda to‘qqiz ishtirokchi qatnashdi. Bular – Daniil Furman, Mariya Mirova, Yevdokiya Malevskaya (Dima Bilan jamoasi), Yekaterina Bizina, Katrina-Paula Diringa, Saida Maxametzyanova (Pelageya jamoasi), Alina Arakelova, Yelizaveta Marochkina va Sabina Mustaeva (Maksim Fadeev jamoasi).

Har bir ishtirokchi hakamlar e’tiboriga bittadan qo‘shiqni havola qildi. Finalchilarni teletomoshabinlar, telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS-xabarlar orqali aniqlab berishdi.
Sabina Mustaeva finalda kuylagan qo‘shiq
[media=https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=gW-JDh_bvrk]

Sabinani g‘oliblik onlari
[media=https://www.youtube.com/watch?feature=player_embedded&v=EIzsevaXP1E]
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?