Turkiyada 7 qavatli uy qulab tushdi, bolalar halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish713
Turkiyada 7 qavatli uy qulab tushdi, bolalar halok bo‘ldi

Turkiyaning Qodjaeli viloyatidagi Gebze shahrida 7 qavatli turar joy binosi qulab tushdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 29 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir oila a’zolari vayrona ostida qolgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, ikki nafar bola halok bo‘lgan, yana bir qiz bola tirik holda qutqarilib, shifoxonaga yetkazilgan.

Qutqaruv ishlariga 600 dan ortiq maxsus xizmat xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruv texnikalari jalb etilgan. Hozirda binodan qolgan vayronalar astida boshqa insonlar bor-yo‘qligi tekshirilmoqda.

Mutaxassislar binoga bog‘liq sabablarni — poydevor holati, qurilish sifati hamda atrofdagi infratuzilma ishlarini o‘rganmoqda. Hukumat bu holatni to‘liq tahlil qilish uchun maxsus komissiya tuzgan.

Ayni vaqtda Gebzeda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, binolarning texnik holati ham qayta tekshirilayotgani ma’lum qilindi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?