Isroilda yashovchi 18 yoshli Lian Nasser ismli qiz ota-onasidan uni Istanbulga borishiga ruxsat berishlarini so‘raydi. U hech qachon mamlakat tashqarisiga chiqmagan edi.
Lianning uch nafar do‘sti Yangi yil bayramini o‘tkazish uchun Istanbulga ketayotgan edi. Lian ular bilan borishni juda xohlagan edi. Biroq, qizning otasi bunga qarshilik qildi. U Istanbuldagi notinch vaziyat sabab qizining hayotini xavf ostiga qo‘yishni istamadi. Ota qizi Yangi yilni uyda, yaqinlari davrasida kutib olishini xohlagan edi. Shunda Lian otasini ko‘ndirishda ammasi Layal Maservaxdan yordam so‘raydi. Amma bahsda jiyani tomon bo‘ladi.
“Uning otasi bu hoyaga qarshi edi. U Istanbul notinchligini, u erga borish xavfli ekanligini ta’kidlar edi. Biroq, Lian o‘ziga hech narsa qilmasligini ta’kidlab, o‘z so‘zida turib oldi”,—deydi Layal Maservax.
Lian Nasserning kelajakda bir olam orzulari bor edi. U 2017 yilning iyun oyida kollejni tugatganidan so‘ng shifokor bo‘lishni orzu qilardi. U o‘qish bilan birgalikda stomatologiya klinikasida ishlar edi. Qiz mashina sotib olish uchun pul ham yig‘ayotgan edi.
Shunday qilib, to‘rt nafar yosh qizlar Istanbuldagi Reina klubiga yo‘l oladi.
31 dekabr kechasida, fojiadan bir necha daqiqa avval Lian o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tungi klubda tushgan suratini joylashtirgan. Suratlarda kameraga tik qarab turgan Lianning tabassumi aks etgan.
1 yanvar tongida butun dunyo Istanbulda yuz bergan fojiadan xabar topdi. Tungi klubga hujum oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab insonlar yaralandi.
Lian Nasser esa yo‘qolib qoldi. Uning otasi birinchi reys bilan Turkiyaga uchdi. Oila a’zolari Ollohdan Lianning tirik bo‘lishini tiladi...
Polisiya Lianning otasiga bir nechta qonga bo‘yalgan taqinchoqlarni ko‘rsatdi. Qattiq tushkunlik ta’sirida ota bu taqinchoqlarning qiziga tegishli yoki tegishli emasligini eslay olmadi. Ota yurak shaklidagi uzuk va yashil ko‘zli bilaguzukni rasmga oldi va qizning ammasiga jo‘natdi. Ammasi esa ularni tanidi...
Shundan keyin qizning ham tungi klubga hujum paytida halok bo‘lgani tasdiqlandi.
“Men o‘zimni kechira olmayapman. Qaniydi, u emas, men halok bo‘lganimda. Nega u bilan bormadim? Nega uni himoya qilmadim?”,—deydi qizning ammasi.
Lian Nasserning jasadi o‘z vataniga yuborildi. Bu uning hayotidagi ilk sayohat va uyga so‘nggi bor qaytish edi... “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi