2017 yilda Evropa aholisining tinchini "buzishi" mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati taqdim etildi. Bu haqida Politico nashri'ga asoslanib Kun.uz sayti ma’lum qildi.
Maqola muallifi Tunku Varadarayanning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ro‘yxat tufayli evropaliklar "o‘z o‘rnidan qo‘zg‘algilari kelmay qoladi". Ro‘yxat asosan siyosatchilar, britaniyalik noshirlar, xitoylik futbol bosslari va rus xakerlaridan iborat.
Muallif Britaniyaning The Sun, Daily Mail, Daily Express kabi nashrlarini jamoatchilik fikriga ko‘rsatgan salbiy ta’sirida aybladi. Varadarayanning fikricha, ular tufayli Brexit hech bir tomonga foyda keltirmay, ancha og‘ir kechishi mumkin.
Xitoy futboli bosslari "ma’naviyatsiz Evropa"da tashvish uyg‘otishi kerak. Gap shundaki, XXR etakchi Evropa klublari o‘yinchilarini o‘z ligasiga jalb qilishga "misli ko‘rilmagan pullar"ni sarflay boshlashdi.
Muallif rus xakerlarini xalqaro munosabatlarni "buzuvchi kuch", deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus xakerlari go‘yoki Amerikadagi saylovlar natijasiga ta’sir o‘tkazishga urinishgan. Endi esa evropaliklar rus kiberhujumchilari o‘z diqqatini Evropaga qaratishidan qo‘rqishmoqda.
Shuningdek ro‘yxatda AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati vakili, Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Maykl Flinn va yana bir savdo vazirligiga nomzod - ishbilarmon Uilbur Ross ham bor.
Muallif Filnni "shu qadar siyosiy qarashlari noto‘g‘ri insonki, u bilan qiyoslaganda hatto Tramp ham boyskautdir", dedi. Savdo vaziri lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan Ross esa, Varadarayanning fikricha, Transatlantik savdo kelishuvini (TTIP) "butkul yo‘qqa chiqarishi" mumkin. Bu Brexit'ga doir muzokaralarda Evropa foydasiga bo‘lmasligi aniq.
Ro‘yxatdan shuningdek Evropaning ba’zi partiyalari etakchilari ham o‘rin olgan. "Besh yulduz harakati" etakchisi, italyan hajvchisi Beppe Grilloni muallif hukumatga mutlaq qarshi pozisiyani egallagan va juda ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘lgan "siyosiy novator", deb hisoblaydi.
Polshaning "Huquq va adolat" partiyasi etakchisi Yaroslav Kachinskiyni muallif "xavfli va mas’uliyatsiz", deb atadi. Uning fikricha, aynan Kachinskiy tufayli Polsha yana ayanchli ahvolga tushgan.
Bulardan tashqari, Evropaga xavf soluvchi shaxslar ro‘yxatida Kataloniya ma’muriyati etakchisi Karlos Puchdemont, siyosiy mavqeini qayta tiklash ehtimoli bo‘lgan Nikolya Sarkozi, Evrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning "o‘ng qo‘li" Martin Selmayr, shuningdek islomga qarshi chiquvchi "Ozodlik partiyasi" (Hollandiya) etakchisi Gert Vilders hamda yirik kompaniyalarga qat’iy qarshi chiquvchi raqobat masalalari bo‘yicha evrokomissar Margaret Vestagerlar nomi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi