
Meksikaning shimoli-g‘arbiy hududida joylashgan Ermosilo shahrida mudhish portlash va uni ortidan kelgan yong‘in katta fojiaga sabab bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi do‘konda ro‘y bergan hodisa natijasida 23 nafar kishi, shu jumladan olti nafar bola halok bo‘lgan.
Shuningdek, o‘ndan ortiq fuqaro turli darajada tan jarohati olgan hamda is gazidan zaharlanish holatlari qayd etilgan.
Hozircha portlashning aniq sababi ma’lum emas. Mahalliy manbalarga ko‘ra, hodisa gaz sizib chiqishi yoki yoqilg‘i to‘planib qolgani natijasida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Tergov ishlari hozirda davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar