
Mexikoda noodatiy holat yuz berdi, deb xabar berdi “Associated Press”.
Meksika Prezidenti Klaudiya Sheynbaum poytaxtning tarixiy qismida fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan paytda mast holdagi bir erkak orqadan yaqinlashib, unga shilqimlik qilgan.
Videokadrlarda erkak Prezidentni o‘pish uchun egilayotgandek ko‘rinadi va qo‘llari bilan unga tegadi. Sheynbaum esa bunday harakatni muloyimlik bilan rad etib, erkakning qo‘llarini itarib, “Xavotir olmang” degan so‘zlar bilan vaziyatni yumshatgan.
Hukumat vakillaridan biri voqeaga aralashgan, ammo Prezident ma’muriyati hozircha hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermadi.
Ma’lumot uchun, Klaudiya Sheynbaum o‘zidan oldingi Prezident Andres Manuel Lopes Obrador singari xalq bilan yaqin muloqot qilishni afzal ko‘radi. U tez-tez fuqarolar bilan suratga tushadi va qo‘l berib salomlashadi.
Biroq bu safar xavfsizlik xizmati xodimlari vaziyatga darhol aralasha olmagani e’tibordan chetda qolmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!