Meksikada dafn marosimi janjalga aylandi: kutilmagan holat

Meksikada dafn marosimi chog‘ida kutilmagan mojaro yuz berdi. Marhum bilan yaqin munosabatda bo‘lgan ikki ayol bir-birining mavjudligidan bexabar bo‘lgan, biroq marosim paytida bu sir ochilgan. Bu haqda Dzen nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular to‘satdan haqiqatni bilib qolgach, marhum yotgan tobut yonida tortishuv boshlangan va vaziyat tez orada janjalga aylangan. Natijada tomonlar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan.
Ushbu noodatiy holatni atrofdagilar videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashgan. Qisqa vaqt ichida videolar keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli fikr va bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Ayrimlar bu holatni axloq me’yorlariga zid deb baholayotgan bo‘lsa, boshqalar esa uni hayotdagi kutilmagan vaziyatlardan biri sifatida qabul qilmoqda. Har holda, ushbu voqea jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!