date

Gitler DNKsida ruhiy kasalliklarga moyillik aniqlandi

Gitler DNKsida ruhiy kasalliklarga moyillik aniqlandi

Daniyaning Orxus universiteti olimlari Adolf Gitler DNKsini tahlil qilib, unda bir nechta ruhiy kasalliklarga genetik moyillik mavjudligini aniqlashdi, deb yozdi Daily Mail.

Tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, Gitlerda diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi (DEHS), autizm, bipolyar buzilish hamda shizofreniya rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan.

Olimlar tahlil uchun 1945 yilda Gitler o‘z joniga qasd qilganidan keyin amerikalik ofitser Rosvell Rozengren tomonidan uning bunkeridagi divandan olingan qon izlaridan foydalangan. Bu namuna keyinchalik genom darajasida o‘rganilib, taxminan uch milliard genetik yo‘riq (instruksiya)ni qamrab olgan ma’lumotlar orqali tahlil qilingan.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, Gitler diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromiga moyil bo‘lgan, shuningdek autizm va shizofreniya xavfi yuqori bo‘lgan aholining 1 foiz qatlamiga to‘g‘ri kelgan. Bu kasalliklar nasl orqali o‘tish ehtimoli bor.

Irlandiyadagi Triniti kolleji professori Maykl Fitsdjeraldning ta’kidlashicha, bunday holatlar kombinatsiyasi “juda noyob” bo‘lib, Gitlerni “jinoyatga moyil autistik psixopat” deb atash mumkin.

Shuningdek, olimlar Gitlerning qarindoshi Veyt Aloiziy Venadagi ruhiy shifoxonada bir necha yil davolanganini ham qayd etgan. U gallyutsinatsiyalar va g‘ayrioddiy xatti-harakatlar tufayli ko‘p marta to‘shakka bog‘lab qo‘yilgan. Bu holat Gitlerdagi ruhiy buzilishlarda irsiy omillar katta rol o‘ynaganini ko‘rsatadi, deb xulosa qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Gitler DNKsida ruhiy kasalliklarga moyillik aniqlandi