Ерда 407 миллион йиллик қадимий замбуруғ топилди

1 daqiqa o'qish176
Ерда 407 миллион йиллик қадимий замбуруғ топилди

Kembrij universiteti qoshidagi Seynsberi laboratoriyasi olimlari Shotlandiyada 407 million yil avval yashagan zamburug‘ qoldig‘ini topishdi, deb yozdi New Phytologist.

Topilma Uinfild slanets tosh qatlamlaridan aniqlangan bo‘lib, u zamburug‘lar va o‘simliklar o‘rtasidagi ilk biologik hamkorlik — mikoriza mavjudligini tasdiqladi. Bu o‘zaro foydali ittifoqda zamburug‘lar o‘simliklarga suv va mineral moddalarni o‘zlashtirishda yordam bersa, o‘simliklar esa ularga shakar moddalarini taqdim etgan. Mikoriza bugungi ko‘plab ekotizimlar uchun asosiy biologik tizim hisoblanadi.

Yangi tur Rugososporomyces lavoisierae deb nomlandi. U qadimgi Aglaophyton o‘simligi bilan simbiotik munosabatda bo‘lgan va mazkur o‘simlikka bog‘liq ikkinchi zamburug‘ turi sifatida qayd etildi.

Olimlar qotib qolgan to‘qimalarni zamonaviy mikroskopiya orqali o‘rganib, zamburug‘ va o‘simlik hujayralarini aniq ajrata oldi. Ular hatto DNK saqlanmaganiga qaramasdan, optik izlar orqali zamburug‘ mavjudligini isbotladi.

Tadqiqot rahbari, doktor Kristin Strullu-Derriyen ta’kidlashicha, zamburug‘ning tarmoqli tuzilishi uning parazit emas, balki o‘simlik bilan hamkorlikda yashaganini ko‘rsatgan.

“Bu kashfiyot Yerdagi hayot shakllanishida zamburug‘lar va o‘simliklar qanday qilib birgalikda quriq muhitga moslashganini va ilk ekotizimlarni yaratganini anglashda muhim ahamiyatga ega,” — deydi u.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?