Yoshlar boyligini isbotlash uchun "Starbucks" qahvasi bilan yuz yuvmoqda

Yoshlar boyligini isbotlash uchun "Starbucks" qahvasi bilan yuz yuvmoqda

Hindiston ijtimoiy tarmoqlarida navbatdagi noodatiy trend ommalashmoqda. Yoshlar va blogerlar o‘zlarining badavlat ekanini namoyish etish maqsadida qimmatbaho Starbucks qahvasini ichish o‘rniga uni yuzlariga surtib, videolarni internetga joylamoqda.

Tarqalayotgan lavhalarda ayrimlar qahvani stakandan to‘g‘ridan to‘g‘ri yuziga sepib, buni hashamatli turmush tarzining ramzi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. Ularning fikricha, qimmat brend mahsulotini bemalol isrof qila olish moliyaviy imkoniyatning belgisi hisoblanadi.

Biroq ushbu trend ko‘plab internet foydalanuvchilari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Ko‘pchilik buni boylik emas, balki e’tibor qozonish uchun qilingan behuda isrof va ijtimoiy tarmoqlardagi navbatdagi ma’nosiz trend sifatida baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar