Yangi yil kechasi Istanbuldagi tungi klublardan birida qo‘poruvchilikni amalga oshirgan Abdulgadir Masharipovni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot yakunlandi. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik ekani aytilayotgan terrorchi Istanbulning Esonyurt tumanida qo‘lga olingan. Bu haqda NTV telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Masharipov qirg‘izistonlik gumashtasining uyida yashirinib kelayotgandi. U bu erga uch kun avval ko‘chib kelgan. “Abu Muhammad Xurosoniy” nomi bilan tanilgan Masharipovning yonida to‘rt yarim yoshli o‘g‘li ham bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, polisiya amaliyoti chog‘ida terrorchida o‘qotar qurol bo‘lmagan va qarshilik ko‘rsatmagan.
Istanbulning Reina klubida sodir etilgan xunrezlik oqibatida 39 kishi qurbon bo‘lgan, 69 shifoxonaga yotqizilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi