13:32 / 20.01.2017
5 251

Biznesmen Telman Ismoilov o‘zining bankrotlikka uchrashi yuzasidan arz qildi

Biznesmen Telman Ismoilov o‘zining bankrotlikka uchrashi yuzasidan arz qildi

AST guruhi asoschisi, Cherkizov bozorining sobiq xo‘jayini, tadbirkor Telman Ismoilov quyi instansiyadagi sud qarori yuzasidan kassasiya arizasini topshirgan. Quyi sud mahkamasi uning qarzlarini restrukturizasiya qilish, ya’ni bankrotlikning boshlang‘ich jarayonini boshlash bo‘yicha xulosa chiqargan. Ismoilovning arizasi to‘g‘risida Moskva viloyat hakamlik sudi majlisida uning moliyaviy boshqaruvchisining vakili ma’lum qilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.

"Ehtimol, ko‘pchilik Ismoilovning bankrotlik jarayoni boshlanishiga qarshi kassasiya topshirganini bilmas", — degan boshqaruvchi vakili.

Moskva viloyati hakamlik sudi VTB guruhi tarkibiga kiruvchi BM-Bankning (Moskva Bankining eski nomi) Ismoilov bankrotligini boshlash bo‘yicha murojaatini ma’qullagan hamda tadbirkorga nisbatan, uning qarzlarini restrukturizasiya qilish jarayonini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

Shu munosabat bilan, Ismoilovning bank oldidagi 17,4 milliard rublga yaqin moliyaviy majburiyatini bankrotlik jarayoni ro‘yxatiga kiritgan va Aleksey Grudsinni qarzdorning moliyaviy boshqaruvchisi sifatida tayinlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biznesmen Telman Ismoilov o‘zining bankrotlikka uchrashi yuzasidan arz qildi