Italiyada qor ko‘chkisi ostida qolgan mehmonxonadan 8 kishi tirik holda topildi


Qutqaruvchilar Italiyadagi Abrusso viloyatida qor ko‘chkisi ostida qolgan Rigopiano mehmonxonasidan 8 kishini tirik holda topishgan. Bu haqda "RaiNews24"ga asoslanib "Sharh.uz" xabar berdi.
Ular orasida ikki nafar kichik yoshdagi bolalar va uch nafar ayol borligi aytilmoqda.
Voqea joyida jumaga o‘tar kecha qidiruv-qutqaruv ishlari davom etgan. Xabarlarga ko‘ra tabiiy ofat vaqtida binoda taxminan 35 kishi bo‘lgani aytilmoqda.
Hozircha 3 kishining jasadi topilgan bo‘lib, halok bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas.
Ma’lumki, voqeaga Italiya markazida chorshanba kuni yuz bergan kuchli er silkinishi sabab bo‘lgan.






























Izohlar 0
…