date

Rossiyada dahshatli koʻchki: qurbonlar orasida xorijlik ham bor

Rossiyada dahshatli koʻchki: qurbonlar orasida xorijlik ham bor

Rossiyaning Buryatiya Respublikasida yuz bergan fojiali hodisa bir necha inson umriga zomin boʻldi. 28 aprel kuni kon hududida sodir boʻlgan qor koʻchkisi oqibatida jami 6 kishi halok boʻlgani maʼlum qilindi.

“TASS” axborot agentligi xabariga koʻra, voqea Muyskiy tumanida roʻy bergan. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, toʻqqiz nafar ishchi hududda yoʻlni tozalash ishlari bilan shugʻullanayotgan paytda kutilmaganda qor koʻchkisi tushgan.

Natijada olti nafar ishchi qor ostida qolib, voqea joyida halok boʻlgan. Yana uch kishi esa turli darajadagi xavfga qaramay omon qolishga muvaffaq boʻlgan.

Qutqaruv xizmatlari tomonidan olib borilgan izlash ishlari davomida 29 aprel kuni halok boʻlganlarning jasadlari topib chiqarildi. Rossiya huquq-tartibot organlari bergan maʼlumotga koʻra, qurbonlardan biri Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan, qolganlari esa Rossiya fuqarolari hisoblanadi.

Hozircha halok boʻlgan Qozogʻiston fuqarosining shaxsi va boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada dahshatli koʻchki: qurbonlar orasida xorijlik ham bor