20:31 / 31.01.2017
6 331

Qirg‘izistonda benzin arzonlashadigan bo‘ldi

Qirg‘izistonda benzin arzonlashadigan bo‘ldi

Qirg‘izistonda fevral oyi davomida yoqilg‘i-moy mahsulotlari (YoMM) 2-2,5 so‘mga arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati apparati axborot ta’minoti bo‘limi malumotiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Bo‘limning ma’lum qilishicha, mamlakat vazirlar mahkamasida YoMM bozoridagi vaziyat va tranzitga unifikasiyalashgan temir yo‘l narxlarining ta’sir qilishi muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonda yonilg‘i Qozog‘iston orqali mahsulotlar tranziti uchun unifikasiyalashgan temir yo‘l narxlari qo‘llanishi sababli arzonlashadi. YoMM fevral davomida neft mahsulotlari partiyalari kelishiga bog‘liq holda arzonlashib boradi.

"Hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyadan neft mahsulotlarining Qirg‘izistonga transportirovka qilinishi bir tonna uchun 45 dollardan 48 dollargachani (neft qayta ishlovchi zavodning chegaradan uzoqlashganiga bog‘liq holda) tashkil qildi", deb aytdi Qirg‘iziston hukumati apparati iqtisodiyot va investisiyalar bo‘limi boshlig‘i Nikolay Chuykov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda benzin arzonlashadigan bo‘ldi