2025 ikkinchi eng issiq yil: sayyorani jiddiy xavf kutib turibdi

1 daqiqa o'qish302
2025 ikkinchi eng issiq yil: sayyorani jiddiy xavf kutib turibdi

Yevropaning global isish monitoringi 2025 yilni insoniyat tarixidagi eng issiq yillardan biri sifatida qayd etdi. Hisobotga ko‘ra, sayyora bu yil rekord darajadagi ikkinchi eng issiq yilni boshdan kechirdi.

Kopernik iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, global harorat sanoatgacha bo‘lgan davrdan 1,5 °C ga oshgani yana tasdiqlandi — bu esa Parij kelishuvida “xavfli chegara” sifatida belgilab qo‘yilgan daraja. Mutaxassislar 2023–2025 yillar oralig‘idagi o‘rtacha harorat tarixda ilk bor shu chegaradan oshib ketganini qayd etmoqda.

Kopernik vakillarining aytishicha, bu ko‘rsatkichlar shunchaki raqam emas — iqlim o‘zgarishi qanday tez sur’atda kuchayib borayotganining ochiq isboti. Bunga qarshi samarali yo‘l sifatida issiqxona gazlari va chiqindilarni keskin kamaytirish ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, noyabr oyi tarixdagi eng issiq oylardan biri bo‘lib, o‘rtacha harorat sanoat davrigidan 1,54 °C yuqori qayd etilgan. Bunday “mayda” o‘zgarishlar ham iqlim tizimini izdan chiqarayotgani, bo‘ronlar, toshqinlar va boshqa tabiiy ofatlar tez-tez va kuchliroq qaytarilayotgani ma’lum qilindi.

Hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab aksar hududlarda odatdagidan yuqori harorat kuzatilgan — ayniqsa Kanada shimolida, Shimoliy muz okeani atrofida va Antarktidada. Rossiyaning shimoli-sharqida esa qarshi tarzda sovuq anomaliyalar qayd etilgan.

Kopernik o‘z xulosalarini milliardlab sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va 1940 yillargacha boruvchi arxiv kuzatuvlari asosida tayyorlaydi. Mutaxassislar global isish tezlashishini asosiy ravishda inson faoliyati — xususan, qazilma yoqilg‘ining haddan tashqari yondirilishi bilan bog‘liq deb hisoblaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?