date

Disney OpenAI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi

Disney OpenAI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi

OpenAI va Walt Disney o‘rtasida yangi hamkorlik shakllandi. OpenAI Walt Disney bilan uch yillik litsenziya shartnomasini imzoladi, bu orqali ChatGPT Images va Sora foydalanuvchilari Disney, Marvel, Pixar, Star Wars olamiga mansub 200 dan ortiq personajlardan tasvirlar va videoroliklar yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, Disney kompaniyasi OpenAIga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi. Bu haqda OpenAI rasmiy saytida ma’lumot berilgan.

Shartnomaga ko‘ra, Walt Disney Sora videoroliklar yaratish platformasining kontentni litsenziyalash bo‘yicha birinchi yirik hamkori bo‘ladi. OpenAI platformasida foydalanuvchilar yaratgan videolar Disney+ servisi orqali tomosha qilishi uchun taqdim etiladi.

The Walt Disney Company bosh direktori Robert Ayger shunday dedi: "Texnologik inovatsiyalar ko‘ngilochar sohani doimiy ravishda o‘zgartirib, ajoyib hikoyalarni yaratish va tarqatish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. OpenAI bilan hamkorlik orqali biz generativ sun’iy intellekt yordamida bu imkoniyatlarni mas’ul va o‘ylangan holda kengaytirib, yaratuvchilarning asarlarini hurmat qilamiz va himoya qilamiz."

2026-yilning boshida, yoki shunga yaqin vaqtda ilk videoroliklar paydo bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu videoroliklarda Mikki Maus, Zolushka, Simba, Mufasa, Lilo va Stich, Dedpul, Grut, Temir odam va boshqa mashhur personajlar bo‘ladi. Biroq, ushbu bitim studiya aktyorlarining tashqi qiyofasi va ovozlarini qo‘llashga ta’sir qilmaydi.

OpenAI bosh direktori Sem Altman o‘z navbatida: "Disney – bu hikoya yaratish bo‘yicha jahon andozasi va biz Sora hamda ChatGPT Images ajoyib kontentni yaratish va qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish uchun hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz."
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Disney OpenAI’ga 1 milliard dollar sarmoya kiritadi