Tojikistonlik mutaxassislar mamlakat maktablarida o‘quv jarayonini bir oy oldin boshlashni taklif qilishdi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Tojikiston maktablarida o‘quv yili endilikda 1 avgustdan boshlanishi mumkin, deyiladi xabarda.
Nashrga ko‘ra, mutaxassislar bu masalani chuqur o‘rgangach 1 avgust — o‘quv yilini boshlash uchun juda qulay vaqt, va agar shunday qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, bola uchun o‘qish yanada samarali kechadi, degan to‘xtamga kelishgan.
Tojikiston Ta’lim vazirligini o‘qituvchilar maoshi masalasi ham befarq qoldirmagan.
"Birgina o‘quv yili davomida ta’til kunlari 56 kunni tashkil qiladi. Ammo avgust oyida, garchi bolalar ta’tilda bo‘lishlariga qaramay, o‘qituvchilarga maosh to‘lanadi", — deb aytgan Tojikiston Ta’lim vazirligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘zining har yilgi an’anaviy murojaatida mamlakatning SSSR davridan qolgan ta’lim tizimiga tanqid bilan yopirilib, o‘rta maktab ta’lim jarayoniga tegishli o‘zgarishlarni kiritishni talab qilgan edi.
Qirg‘izistonda ham sal oldin o‘quv yilini ko‘chirish masalasi ko‘tarilgan edi. Faqat qirg‘izistonliklar o‘qishni 1 oktyabrdan boshlashni taklif qilishgan. Qirg‘iziston Ta’lim vazirligi o‘zining ushbu taklifini regionlarida qishloq xo‘jaligi ishlari sentyabr oyi o‘rtasi — oktyabr oyi boshlarigacha davom etishi bilan izohlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi