date

Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh operatsiyasi chog'ida ushlanib, mamlakatdan olib chiqilganini aytdi

Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh operatsiyasi chog'ida ushlanib, mamlakatdan olib chiqilganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga qarshi o‘tkazilgan keng ko‘lamli operatsiya doirasida mamlakat prezidenti Nikolas Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va Venesuela hududidan tashqariga olib chiqilganini ma’lum qildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, amaliyot AQSh harbiylari hamda huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamkorligida o‘tkazilgan, operatsiya tafsilotlari esa keyinroq e’lon qilinadi. U, shuningdek, Mar-a-Lagoda soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan) matbuot anjumani o‘tkazilishini va unda rasmiy bayonot berilishi kutilayotganini aytdi.

Tramp operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini ta’kidlab, vaziyatga e’tibor qaratganlarga minnatdorlik bildirdi. Hodisa Venesueladagi siyosiy jarayonlar va mintaqaning xalqaro munosabatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3-yanvarga o‘tar kechasi Venesuela poytaxti Karakasda bir nechta portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ayrim OAV shahar ustida aviatsiya parvozlari kuzatilgani va ayrim hududlarda elektr ta’minoti uzilgani haqida yozgan. Mamlakat rasmiylari esa bu holatda AQShni harbiy tajovuzda ayblagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh operatsiyasi chog'ida ushlanib, mamlakatdan olib chiqilganini aytdi