Yaponiyada qor tufayli 100 dan ortiq kishi ibodatxonada tunadi

Yaponiya tog‘larida kuchli qor yog‘ishi sabab 100 dan ortiq kishi ibodatxonada vaqtincha boshpana topdi. Saitama prefekturasidagi Mitsumine ibodatxonasi atrofidagi yo‘llar yopilganidan so‘ng, taxminan 130 kishi binoning zalida tunashga majbur bo‘ldi.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 50 dan ortiq avtomobil egalarining ibodatxonada qolgani qayd etilgan va hech kim kasallanmagan. Ba’zi hududlarda 40 smgacha qor tushishi kutilmoqda.
So‘nggi uch kun ichida ayrim joylarda 80 smgacha qor yog‘gan, va sovuq havo davom etayotgani sababli qo‘shimcha qor tushishi kutilmoqda. Mitsumine ibodatxonasi yaqinidagi yo‘llarda avtomobillar sirpanganligi sababli yo‘l yopilgan.
Mitsumine ibodatxonasi dengiz sathidan 1110 m balandlikda joylashgan ibodat markazi hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!