Qozog‘istonda maktablar uchun sun’iy intellekt repetitorlari ishga tushiriladi

Mamlakatda raqamli profillarning milliy tizimi va Milliy ta’lim platformasini yaratish ishlari boshlangan. Ta’lim vaziri o‘rinbosarining ta’kidlashicha, Milliy ta’lim ma’lumotlar bazasi modernizatsiya qilinadi va elektron kundaliklar, jurnallar hamda barcha LMS tizimlari uchun yagona ma’lumotlar omboriga aylantiriladi.
Qozog‘istonda sun’iy intellekt agentlari o‘qituvchilarning kundalik ish yukini kamaytirishga yordam beradi. Ushbu texnologiya pedagogik kengashlar va hujjatlar tayyorlashda samarali foydalaniladi.
2026/2027 o‘quv yilidan boshlab, kichik maktablar uchun "Qazaq Digital Mektebi" loyihasi ishga tushiriladi. Bu loyiha doirasida sun’iy intellekt repetitorlari faoliyat yuritadi. 2026 yilga kelib, 200 mingdan ortiq o‘qituvchi sun’iy intellekt sohasida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Shuningdek, o‘quvchilar orasida sun’iy intellekt savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 2026 yil Qozog‘istonda "Raqamlashtirish va sun’iy intellekt yili" deb e’lon qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing