Janubiy Koreya sobiq prezidenti uchun prokuratura o'lim jazosini so'radi

1 daqiqa o'qish154
Janubiy Koreya sobiq prezidenti uchun prokuratura o'lim jazosini so'radi

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolga nisbatan o'lim jazosi tayinlanishini talab qildi. U noqonuniy ravishda harbiy holat joriy etish orqali tartibsizliklar uyushtirish va Konstitutsiyaga putur yetkazishda ayblanmoqda. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, 2024 yil dekabrida Yun Sok Yol harbiy holat e'lon qilgan, buni "konstitutsiyaviy tartibni himoya qilish" hamda "Shimoliy Koreya tomonidan tahdid" bilan izohlagan. Biroq muxolifatdagi Demokratik partiya yetakchisi Li Je Men va parlament bu qarorni bekor qilganidan so'ng, sobiq prezident bo'yicha tekshiruv boshlangan.

Yonhap xabariga ko'ra, Yun Sok Yol Milliy assambleya binosini qurshab olish uchun harbiylar va politsiyani safarbar qilgan, o'z farmoniga qarshi ovoz berishga to'sqinlik qilgan, shuningdek parlament spikeri va partiyalar yetakchilarini hibsga olish bo'yicha buyruqlar bergan.

Sobiq prezidentning turmush o'rtog'i Kim Kon Hi ham hibsga olingan. Unga aksiyalar bilan bog'liq manipulyatsiyalar, pora olish va saylov jarayoniga aralashish kabi ayblovlar qo'yilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?